АЧЧИКМИЯ
O'rta osiyoda halq tabobatida qadim zamonlardan beri achiqmiyaning qo'yidagi turlari ishlatib kelinadi:
Oddiy achiqmiya (oqmiya ) – talhak (горчак ) обыкновенный – Goebelia alopecuroides (L.) Bge.; qalin mevali achiqmiya (eshakmiya ) - талхак ( горчак ) толстоплодный – Goebelia pachycarpa ( Schrenk. ) Bge.
Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi iyun – iyulda pishadi.
Achchiqmiya turlarining xamma qismi zaxarli xissoblanadi.
O'simlikning yer ustki qismi xamda mevasi aloxida tayyorlanadi. O'simlikning er ustki qismi gullash davrida, mevasi esa pishganda yig’iladi. O'rib olingan er ustki qismi salqin yerda qurutiladi. Mevasi pishganida o'simlik o'rib olinadi. So'ngra yanchib, elab urug'i ajratiladi.
Achchiqmiya turlari tarkibida alkaloidlar bor. Alkaloidlar yig'indisidan pahikarpin, matrin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan.
Ilmiy tibbiyotda achchiqmiya turlari alkaloidining preparati – pahikarpin yodgidrat gepertoniya, mayda qon tomirlar spazmida, achchiqmiya preparati gush (ekzema ) va bazi teri kasalliklarini davolashda xam ishlatiladi.