АНЖИР
Инжир обыкновенный- Fikus carica L.
Anjir mevasi pishgan vaqtida yig’iladi. Mevasi quritib yoki quritmasdan ishlatiladi.
Anjir mevasi tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar, fermentlar (fitsin va boshqalar), minerallar (kaliy, temir, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari) va boshqa moddalar bor. O’simlik mevasi va bargi sut shiraga boy. Bargi takibida furokumarinlardan psoralen, bargapten va boshqa birikmalar uchraydi.
Abu Ali ibn Sino anjir mevasini balg’am ko’chiruvch va yutal qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan .Balg’am ko’chirish uchun anjir mevasini yeyishni va yo’tal qoldirish uchun esa mevani sutda qaynatib istemol qilishni buyurgan .
Xalq tabobatida anjir mevasi va undan tayyorlangan damlama yumshatuvchi dori sifatida yo’tal va ko’kyo’tal kasalliklariga davo qilinadi. Mevadan tayyorlangan qaynatma va murabbo terlatuvchi va istimani tushuruvchi tasiriga xamda laringit va bronxit kasalliklarida foydalidir. Anjir mevasi gastrit va surunkali qabziyatni davolash xamda balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida istemol qilinadi. Bulardan tashqari, mevaning issiq damlamasiga botirib olingan doka yaraga qo’yildi. Shamollash kasalliklarida esa tomoqni chayish uchun ishlatiladi.
Ilmiy tibbiyotda anjir mevasi tarkibida ko’p miqdorda qandlar va kaliy tuzlari bo’lgani uchun yurak-qon tomir sistemasining kasalliklarida, fitsin fermenti bo’lgani uchun tromboz kasalligida istemol qilishga buyuriladi. Fitsin fermenti tomirda ivib qolgan qonni eritadi. Anjir bargidan olinadigan furokumarin preparati- psoberan bilan pes kasalligiga davo qilinadi.