АРПАБОДИЙОН
Анис обыкновенный – Pimpinella anisum Gaerth
( Anisum vilgare Gaerth.)
Arpabodiyon o’simlik mevasi tarkibida efir moyi va yog’ bor. Efir moyi tarkibida anetol, anis aldegidi va kislotasi hamda boshqa terpenlar bor.
Halq tabobatida arpabodiyon damlamasi meda – ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, chanqovni bosuvchi, siydik va o’t haydovchi, terlatuvchi va engil surgi dori sifatida ishlatiladi.
Arpabodiyon o’simligi mevasidan damlama tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishga bir stakan qaynab turgan suv quyib, ustiga maydalangan mevadan bir choy qoshiq solinadi va bir soat damlab qo’yiladi. So’ngra dokada suziladi. Damlamadan yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarga davo qilish uchun kuniga 3-4 mahal ovqatdan 30 mit oldin 1-4 stakandan ichiladi.
Ilmiy tibbiyotda arpabodiyon mevasi preparatlari va efir moyi bironhit kasalligida balg’am ko’chiruvchi, ichak faoliyatini yahshilovchi, el haydovchi dori sifatida ishlatiladi.