ГУЛХАЙРИ

 

Тиббийотда гулхайрининг куйидаги турлари ишлатилади.

Доривор гулхайри – алтея лекарственная – Althaea officinals L.; арман гулхайриси – алтея армяниская – Аlthaea armeniaca Ten.; ок гулхайри – алтея голоцветная – Althaea nudiflora Lindl.

Iyun – avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul – sentyabrda pishadi.

Gulxayri turlarining ildizi, bazan bargi ishlatiladi. Bargini o’simlik gullaganda yig’iladi va soya yerda qurutiladi. Ildizi kuzda kavlab olinadi.

Ildizi va tarkibida kop miqdorda shilliq moddalar va kraxmal, qandlar, asparagin, betain, pektin va boshqa moddalar bor.

Abu Ali ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urug’idan tayyorlangan damlama bilan yo’tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Bulardan tashqari, balg’am ko’chiruvchi va shishlarni qaytaruvchi dori sifatida qo’llagan.

Gulxayri turlari ildizidan damlama tayyorlash uchun biror idishga 2 stakan qaynatib sovutilgan suv quyiladi va 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib, 8 soat qo’yib qo’yiladi. So’ngra dokada suziladi. Kuniga 3 – 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

 



Hosted by uCoz